Jumrutsimon chakanda
Overview
Reviews 0

So‘qmoqning o‘ng tomonidagi butaga qarang – bu jumrutsimon chakanda. Biz daryoga yaqinlashmoqdamiz, endi bu butalar tez-tez uchraydi.

Zarafshon to‘qaylarida boshqa toʻqay oʻrmonlarida bunday miqdorda uchramaydigan eng qimmatli dorivor oʻsimlik boʻlgan jumrutsimon chakanda chakalakzorlari saqlanib qolgan. Zarafshon bog‘i O‘zbekistonda jumrutsimon chakandaning katta tabiiy populyatsiyasi saqlanib qolgan yagona joydir.

Chakanda, biz keyinroq gaplashadiganimiz jiyda kabi, jiydadoshlar oilasiga kiradi. U ochiq, yaxshi namlangan tosh-shag‘alli yerlarni egallaydi va bu yerlarda ba’zida boshqa butalar va daraxtlar bilan aralashib, o‘tib bo‘lmaydigan chakalakzorlarni hosil qiladi.

Chakanda judayam tikanli buta hisoblanadi. Uning yoysimon qayrilgan shoxlari kumush-kulrang chodirni tashkil qiladi. Barglari kumush tangachalar bilan qoplangan. Bundan daraxt barglari oqargan, chang bosgandek ko‘rinadi.

Erta bahorda changchi o‘simliklar boshoqlarida juda kichik gullar ko‘rina boshlaydi. Urug‘chi gullari yashil, ko‘zga tashlanmaydigan, barglar yoki tikanlar qo‘ltig‘ida joylashadi.

Uncha ajoyib o‘simlik emasdek tuyuladi... Ammo yoz va kuzning oxirida chakanda allaqachon uni ko‘rgan har bir kishining e’tiborini tortadi! Urug‘chi o‘simliklarining shoxlari diametri bir santimetrgacha bo‘lgan sersuv, nordon-shirin, to‘q sariq-qizil danakcha mevalar bilan tom ma‘noda qoplanadi. Mevalari shu qadar ko‘p bo‘ladi-ki, shoxlari bardosh bera olmaydi va sinib ketadi.

Ko‘pincha mevalar qishgacha shoxlarda qolib, ko‘plab qushlarni o‘ziga tortadi.

Mevalarida shakar, kislotalar va ko‘p miqdorda C vitamini mavjud. Chakanda urug‘i moyi kuyish va yaralarni davolash uchun yaxshi vositadir, u sovuq urdirib qo‘yish holatlarida ham ishlatiladi. Chakandada juda ko‘p moy mavjud. O‘rik va shaftoli, qovoq va boshqa ba‘zi o'simliklarda ham juda ko‘p moy bo‘ladi. Ammo bu moy ularda faqat danaklarida, chakandada esa danakli mevalarning etida ham saqlanadi.

Zarafshon bog‘ida O‘zbekistonning turli burchaklaridan olib kelingan chakandaning yirik dala kolleksiyasi ekilgan. Afsuski, 2020-yilda u kesib tashlandi. Ammo hozir aynan shunday kolleksiyani tiklash bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda va biz o‘n yildan keyin bu ajoyib butaning xilma-xilligini zavq bilan tomosha qila olamiz deb umid qilamiz.

Reviews

0.0

0 comments

Provided by

Dinara Adilova

Dinara Adilova

In love with Uzbekistan

This story belongs to