So‘qmoq bo‘ylab oldinga qarang. Ufqdagi tog‘larni ko‘rayapsizmi? Bu Gʻarbiy Hisor-Oloy togʻ tizimiga kiruvchi Zarafshon tizmasi.
So‘qmoqning o‘ng tomonida, shuvoqli yalanglik ortida jung‘or tollarining chakalakzorlari bor. Martdan oktyabrgacha ular yashil rangda, qolgan vaqt esa oltin qizil rangda bo‘ladi. Zarafshon bog‘ida tolning yana bir turi – oq tol o‘sadi. Marshrut bo‘ylab siz ushbu turning ulkan vakillarini uchratasiz.
Oq tol baland bo‘yli daraxt, jung‘or tol esa, aksincha, ko‘pincha katta buta yoki shox-shabbasi sharsimonga yaqin shaklda bo‘lgan kichik daraxt ko‘rinishiga ega.
Tol – uzun ingichka bargli bilan tez o‘suvchi daraxt. Yupqa bargaklar ko‘rinishidagi to‘pgullari erta bahorda barglardan ham avval paydo bo‘ladi va shuning uchun ko‘zga alohida tashlanadi. Ular yorqin quyosh changi sepilgan uzun tukli kapalak qurtlari kabi ko‘rinadi va asalarilar uchun juda jozibalidir.
Nam tuproqqa tol ekish ancha oson: novdani kesib, yerga qadaysiz va... va shuni o‘zi yetarli. Ildizi va bachkilari tezda suv tomonga cho‘ziladi. Bunday iste‘dod xaosga olib kelishi mumkin: agar tol suv va kanalizatsiyadagi kichik suv oqib chiqishlarini topsa, u ichkariga kirib, o‘sib chiqadi va quvurni yopib qo‘yadi. Daryo qirg‘og‘ida esa, tol ildizlarining murakkab va chigal o‘sishi foydalidir. Ular eroziyaning oldini oladi va turli hayvonlar uchun tayyor turar-joylar beradi.
Ochiq dashtda sug‘orish kanallari yotqizilganda, suv sizib ketmasligi uchun devorlarini beton bilan qoplash maqsad qilingandi. Lekin ayrim joylarda beton o‘rniga tol ekilgan. Tollarning ildizlari tuproqqa shu qadar mahkam bog‘langan-ki, suv hecham sizib o‘tib ketolmasdi.
Qadimgi misrliklar davridayoq isitma va bosh og‘rig‘ini tol yordamida davolashgan, Gippokrat esa uning po‘stlog‘idan revmatizm paytida foydalanishni maslahat bergan. O‘rta asrlarda tish og‘rig‘ida milk va tish orasiga tol po‘stlog‘ining bir bo‘lagini qo‘yish tavsiya etilgan. Hozirda po‘stloq salitsinga boy ekanligi ma’lum. Bizning tanamizda u og‘riq qoldiruvchi va haroratni tushuruvchi ta’sirga ega moddalarga aylanadi, shuning uchun “sehr” retseptning ikkinchi qismi – qonli payrahani og‘riqni o‘zi bilan olib ketishi uchun daraxtga qayta joylashtirishsiz ham ishlagan bo‘lar edi.
XIX asrning o‘rtalarida salitsil kislotasini ajratib olish va undan hozirda ko‘plab mamlakatlarda yuqori isitma va yallig‘lanishni davolashda qo‘llaniladigan dori tayyorlashni o‘rganishadi. Ushbu dori aspirindir.