O‘tkir hidli buta kalikant
Overview
Reviews 0

Kalikant Calycanthus
Boshqa nomlari: gulkosa

Marshrut bo‘ylab o‘ng tomoningizda kalikant butalarini izlang.

Kalikant turkumining nomi yunoncha kalix (kosa) va anthos (gul) so‘zlaridan kelib chiqqan. Shuning uchun uning ikkinchi ommalashgan nomi – gulkosa.

Kalikantlar – balandligi 4 metrgacha bo‘lgan bargto‘kuvchi butalar. Barglari katta, oval, to‘q yashil, biroz yaltiroq va dag‘al.

Iyuldan boshlab kuzgacha shoxlarining uchlarida lentasimon gulbarglardan tashkil topgan katta to‘q qizil gullarni ko‘rish mumkin. Ular sharob, olma, qulupnay yoki ananasning hidlarini birlashtira oladigan yoqimli hid taratadilar. Deyarli so‘lib qolgan gullari achiy boshlagan sharobning hidiga ega. O‘simlikning quruq poyasi ham gulidan farq qiladigan va chinnigullar yoki dolchinni eslatuvchi o‘tkir hidga ega.

Mevasi na’mataknikiga o‘xshab ketadigan ko‘pyong'oq shaklida bo‘lib, ichida birtalay urug‘lar mavjud.

Gullaridan distillash natijasida olingan kalikantus efir moyi ayrim atirlar tarkibida qo‘llaniladi.

Reviews

0.0

0 comments

Provided by

Dinara Adilova

Dinara Adilova

In love with Uzbekistan

This story belongs to