To‘qay o‘simliklari
Overview
Reviews 0

Suvga yaqinlashgan sari havo salqinlashadi va o‘simliklar ko‘payadi. Amudaryo bo‘yida to‘qay o‘rmonlarini hosil qiluvchi asosiy o‘simlik turlari bilan yaqindan tanishish mumkin.

Biosfera rezervati to‘qay o‘rmonini ta’riflaganda uchta asosiy daraxt: terak, jiyda va tolni ta’kidlab o‘tish zarurdir.

Terakning ikki turi bor: ko‘kimtir terak va har xil bargli terak. Ularning mahalliy nomi — turong‘il. Teraklar bug‘uning oziqlanishida muhim o‘ringa ega. Yilning turli mavsumlarida hayvonlar daraxtning bargi, shoxi va po‘stini iste’mol qilishadi.

Bu yerda jiydaning uchta turi: sharqiy, ingichka bargli va turkman jiydalari uchraydi. Jiyda mevalari to‘qayda yashovchi jonivorlar uchun muhim ozuqa manbai sifatida xizmat qiladi. Har xil qushlar va sutemizuvchilar, jumladan yirtqich hayvonlar: tulki, bo‘rsiq va chiyabo‘rilar ham jiydani bajonidil iste’mol qilishadi. Bug‘ular ham jiyda mevalarini yeydi. Jiyda mevalarini inson ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

To‘qay o‘rmonlarining shakllanishida jung‘or toli, Olga va Vilgelms tollari ham muhim ahamiyatga ega. Ular ba’zida o‘tish qiyin bo‘lgan chakalakzor massivlarini hosil qiladi.

Daraxtlarda shilib tashlangan po‘stloqlar — buxoro bug‘ulari g‘ajirlari va to‘ng‘izlar qichitqichlarini ko‘rish mumkin. Omadingiz kelib qolsa qamish yoki dasht mushugi tirnoq izlarini uchratishingiz mumkin.

To‘qaylarning ko‘p qismi: sharqiy lomonosi, sibir sinanxumi, fors sarsabili va Lemann zarpechagi kabi chirmovuqlar bilan o‘rab tashlangan.

Butalardan bizning to‘qaylarimizda yulg‘un va chingil o‘sadi. Yulg‘un — asal beradigan o‘simlik. Shu sababli gullash paytida uning oldiga juda ko‘p arilar uchib kelishadi. Bu o‘simlik tuproqqa nisbatan talabchan emas va tez o‘sadi. Yulg‘un to‘qaylarning sho‘rlangan va yong‘indan keyingi kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan hududlarni birinchi bo‘lib ishg‘ol qiladi.

Chingil ham shunday kamsuqum — qurg‘oqchilikka bardoshli va oftobsevar, sho‘rxoklarda o‘sa oladigan o‘simlik. Chingil dukkakdoshlar oilasiga mansub barcha o‘simliklar kabi azot yig‘ish hisobiga yerning holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari u ajoyib asal beradigan o‘simlikdir.

Suv havzalari qirg‘oqlari yoki nam joylarda balandligi 6 metrgacha yetadigan qamish o‘sadi.

O‘tsimon o‘simliklar orasida ayniqsa bahaybat boshoqli o‘simlik — eriantus savlatli ko‘rinadi. Ba’zi joylarda to‘qaylar hududi asosiy qismini qizilmiya va kendir egallagan.

2019 yilning avgust oyida bug‘ulardan to‘sib qo‘yilgan to‘qayning kichik uchastkasiga qarang. Agar bug‘ular to‘qayda oziqlanmasa, o‘simliklar mana shunday tiklanadi. Urug‘lar va novdalar yerning nam yuzasiga tushib, o‘sib chiqadi va shu tarzda to‘qay o‘simliklarini yoppasiga novda, shoxcha, bachkilari, urug‘laridan o‘zi mustaqil unib chiqishi sodir bo‘ladi. Odatdagidek birinchi bo‘lib ro‘vako‘t, qamish, ko‘g‘a, kendir va turang‘i, yulg‘un, tol turlari o‘sib chiqadi.

Reviews

0.0

0 comments

Provided by

Dinara Adilova

Dinara Adilova

In love with Uzbekistan

This story belongs to